“UzGasTrade” AJda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
30 Iyun 2025
427
“UzGasTrade” AJda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
Joriy yilning 30-iyun sanasida “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, yosh xodimlarni shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va roʻyobga chiqarishni taʼminlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratish, jamiyat hayotida ularning oʻrni va faolligini oshirish, sogʻlom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash, yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashi, ular uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Boshqaruv raisi Agzamov Alisher Taxirovich rahbarligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʼtkazildi.
Tadbir boshida Boshqaruv raisi A.Agzamov Jamiyat yosh xodimlarini “Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy muborakbod etib, mamlakatimizda yoshlarga oid olib borilayotgan islohotlar haqida gapirib oʻtdi. Shuningdek, ularni oldinga intilish va harakatdan toʻxtamaslikka, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan keng foydalanish va muvaffaqiyat qozonishga ruhlantirdi va shaxsiy tajribasi bilan boʻlishdi.
Soʻzga chiqqanlar Konstitutsiya va qonunning ustunligi, inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari haqida hamda yoshlarga davlat tomonidan yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishi, yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, sogʻligʻini saqlashga va dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirishda jamiyat tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilganligini taʼkidlab oʻtishdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni va yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish, isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga doir ishlarni amalga oshirish, chora-tadbir dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida bajarish lozimligi va yoshlardan korxona kelajagini yuksaltirish uchun fidokorona mehnat talab etilishi toʻgʻrisida soʻzladi.
Ochiq muloqot shaklida boʻlib oʻtgan uchrashuvda bir qator yoshlar oʻzlarining takliflari bilan qatnashdi. Yigʻilishdan maqsad yosh xodimlardagi sohaga oid taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, har bir yosh korxona xodimidagi muammolarni individual oʻrganish, ular yuzasidan yechimlar va takliflar kiritish ekanligi aytildi.
Tadbir davomida yoshlarni bilimlarini oshirishga qaratilgan intellektual oʻyinlar ham oʻtkazilib unda gʻolib boʻlganlarga sovgʻalar ham ulashildi.
Tadbir soʻnggida yoshlar ham soʻz olib, jamiyatda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar uchun o`z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Boshqa yangiliklar

“UzGasTrade” Ajda "O`zbekiston Respublikasida korrupsiya va manfaatlar to`qnashuviga qarshi kurashish" mavzusida amaliy seminar o`tkazildi

O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovi e’lon qilindi

Juma - milliy liboslar kuni

“UzGasTrade” AJ xalqaro standartlarga asoslangan tizimlarni joriy etmoqda