Sayt test rejimida ishlamoqda


Barcha yangiliklar

“Zakovat”da til va tafakkur bellashuvi

23 Oktyabr 2026

21

“UzGasTrade” AJda 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Jumladan, 2026-yil 22-oktabr kuni Jamiyat xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Unda jami 20 nafar xodimdan iborat 4 ta jamoa o‘zaro bellashdi.

Qiziqarli va qizg‘in bahslarga boy o‘tgan o‘yin davomida ishtirokchilar o‘zbek tili, adabiyoti hamda buyuk mutafakkirlarimizning hayoti va ijodiga oid savollarga javob berib, o‘z bilimlari, topqirligi va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Bellashuv yakunida Tal’at Ergashev, Alijan Masharipov, Asliddin Abdusamatov, Shahbozjon Xakimov va Akmaljon Mahmudovdan iborat jamoa g‘olib deb topildi. G‘oliblarga “Zakovat” televizion o‘yinining magistrlari va taniqli bilimdonlari dastxatlari tushirilgan kitoblar esdalik sovg‘asi sifatida topshirildi.

Intellektual o‘yin Jamiyatning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimi A. Qodirov hamda “Zakovat” televizion o‘yini bilimdoni, Dispetcherlik xizmati boshlig‘i Sh. Ulug‘ov hamkorligida tashkil etildi.

Bunday tadbirlar ona tilimizga bo‘lgan mehr va hurmatni yanada oshirish, boy adabiy merosimizni chuqurroq anglash uchun yaxshi imkoniyatdir. Zero, til — xalqning tarixi, madaniyati va milliy o‘zligini o‘zida mujassam etgan bebaho boylik. Uni asrab-avaylash, qadrlash va kelgusi avlodlarga yetkazish barchamiz uchun muhimdir.

Tayyorladi: A. Qodirov

Powered by GSpeech