Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilingan kun.
2 Iyul 2025
404
2-iyul – Oʻzbekiston fuqarolari uchun qadrli va unutilmas kunlardan biri, 1992-yil ayni shu kunda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir va u quyidagi koʻrinishga ega: togʻlar, daryolar va soʻl tomoni bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan boʻlib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida “Oʻzbekiston” deb yozib qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli koʻrinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va “Oʻzbekiston” yozuvi — oltin rangida; gʻoʻza shoxlari va barglari, togʻlar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.
Davlat ramzlari oʻzida xalqning oʻzligi, gʻururi, tarixi, buguni, kelajagi, orzu-intilishlarini oʻzida aks ettiradi.
Yildan yilga davlat ramzlari qabul qilingan kunlarni oʻziga xos bayram qilish anʼanasi shakllanmoqda. Albatta, yuragida vatanga muhabbat oʻti yongan har bir oʻzbek uchun bunday aziz kunlar chin bayramdir.
Boshqa yangiliklar

“UzGasTrade” Ajda "O`zbekiston Respublikasida korrupsiya va manfaatlar to`qnashuviga qarshi kurashish" mavzusida amaliy seminar o`tkazildi

O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovi e’lon qilindi

Juma - milliy liboslar kuni

“UzGasTrade” AJ xalqaro standartlarga asoslangan tizimlarni joriy etmoqda