Sayt test rejimida ishlamoqda Saytning eski talqini


Barcha yangiliklar

“UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati bilimdon yoshlarining yana bir gʻalabasi

23 Iyun 2025

372

Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qoʻyishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Soʻnggi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

Oʼzbekistonda 30-iyun — “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilindi. Turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan fidoyi yoshlarimizni ragʼbatlantirib borish maqsadida “Mard oʼgʼlon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali taʼsis etildi.

Yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari boʼyicha savodxonligini oshirish, yoshlar oʼrtasida kitobxonlikni targʼib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʼz ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.

Jumladan, yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash maqsadida, Oʼzbekikiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan “30-iyun -Yoshlar kuni” munosabati bilan joriy yilning 20-iyun sanasida energetika tizim korxonalarida mehnat qilayotgan yoshlar oʼrtasida “Business-Quiz” intellektual oʼyin oʼtkazildi.

Mazkur tadbirda “UzGasTrade” AJning ham iqtidorli yosh xodimlari ishtirok etdi.

        Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, intellektual salohiyatni yuksaltirish, ularni ragʻbatlantirish hamda yoshlar orasida jamoaviy ruhni shakllantirish, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida oʻtkazilgan intellektual oʻyinda “UzGasTrade” AJ yoshlar jamoasi ishtirok etib faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Musobaqa guruh bahslari shaklida tashkil etilgan boʻlib, birinchi bosqich yakunlandi. Ishonamizki, keyingi bosqichlarda ham Jamiyat yoshlarining bu kabi gʻalabali odimlashi bardavom boʻladi va biz ularga omadlar tilab qolamiz.

Powered by GSpeech