2-iyul – Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan targʻibot tadbiri
2 Iyul 2025
1919
2025-yil 2-iyul kuni “UzGasTrade” AJda Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlari — milliy iftixorimiz, jumladan, davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi. Soʻngra maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha rais maslahatchisi Sh.Nusharova soʻz olib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan yigʻilganlarni tabrikladi. Tadbirda siyosiy fanlar doktori, dotsent Mahfuzaxon Yoʻldasheva ishtirok etib, davlat ramzlarining tarixiy-siyosiy ahamiyati, ularda mujassam boʻlgan milliy gʻoya va maʼnaviy qadriyatlar haqida maʼruza qildi. U oʻz soʻzida davlat gerbi — mustaqillik, barqarorlik va xalq birdamligining ramzi ekanini alohida taʼkidladi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar milliy ramzlarga boʻlgan hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy gʻurur va faxr tuygʻusini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida vatanparvarlik hissini kuchaytirishda, tarixiy xotira va milliy ramzlarimizning ahamiyatini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqa yangiliklar
Neft va gaz sanoati xodimlari kuni, Har yili sentabr oyining birinchi yakshanbasida Neft va gaz sanoati xodimlari kuni nishonlanadi.
“UzGasTrade” AJda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
31-AVGUST — QATAG‘ON QURBONLARINI YOD ETISH KUNI