Sayt test rejimida ishlamoqda


Barcha yangiliklar

“UzGasTrade” AJ xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

18 Sentyabr 2026

17

2026-yil 17-sentabr kuni “UzGasTrade” AJ xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda Neft va gaz sanoati xodimlari kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tadbir xodimlar o‘rtasida jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda intellektual salohiyatni namoyon etish uchun tashkil etildi.

Intellektual bellashuvda Jamiyatning 30 nafar xodimi 6 ta jamoaga bo‘lingan holda ishtirok etdi. O‘yin davomida ishtirokchilar o‘z bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazib, jamoaviy hamkorlikda savollarga javob berdilar.

Bellashuv yakunlariga ko‘ra, g‘olib jamoa quyidagi xodimlardan tarkib topdi:

• Mirxamidov Ismoil
• Kurbanov Olimjon
• Isakov Farxod
• Xayrullayeva Nodira
• Xakimov Shahbozjon

“UzGasTrade” AJda xodimlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish davom ettiriladi.

Powered by GSpeech