“Yangi yil – yangi maqsadlar” mavzusida onlayn ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
28 Yanvar 2026
360
Kecha “UzGasTrade” AJda “Yangi yil – yangi maqsadlar” mavzusida ZOOM platformasi orqali ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur onlayn tadbirda Jamiyatning Markaziy apparati hamda hududiy bo‘linmalari xodimlari ishtirok etdilar. Unda yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar muhokama qilinib, xodimlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor islohotlar va yillik maqsadlar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati xodimlar o‘rtasida keng targ‘ib etildi. Unda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlari, mas’uliyat va samaradorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir xodimlarda yangi yil uchun aniq maqsad va vazifalarni belgilash, islohotlarda faol ishtirok etish hamda xizmat faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashish muhimligini yana bir bor mustahkamladi.
Boshqa yangiliklar
"UzGasTrade" AJda "Milliy qadriyatlar haftaligi" bo‘lib o‘tdi
Iqtisodiy o‘sish va ustuvor vazifalar: “UzGasTrade” AJda seminar
Qonunchilikdagi yangilik: yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi
Tabiiy gazning narx va tariflari oʻzgardi