VIII Toshkent xalqaro marafoni – 2026
6 Aprel 2026
205
2026-yil 5-aprel, Toshkent – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan an’anaviy VIII Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tdi. Sakkizinchi yil ketma-ket tashkil etilayotgan mazkur nufuzli sport tadbiri bugungi kunda mamlakatimizning eng yirik sport musobaqalaridan biri hisoblanadi. Unda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan 15 000 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Marafon World Athletics Label maqomiga ega bo‘lib, xalqaro darajada tan olingan musobaqa hisoblanadi. Marafon natijalari World Athletics tomonidan rasmiy tarzda tasdiqlanadi. Tadbir tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamda ProRun kompaniyasi. Marafonning start va finish nuqtalari poytaxtimizning HUMO Arena maydonida joylashdi. Ishtirokchilar belgilangan masofani Toshkent shahrining diqqatga sazovor ko‘chalari bo‘ylab bosib o‘tdilar. VIII International Tashkent Marathonida “UzGasTrade” AJ xodimlari ham faol qatnashib, 5 km va 10 km masofalarda yugurishdi. Garchi sovrin olmasalar ham, ular sport ruhini namoyish etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdi. Bizning xodimlarimiz bu kabi marafonlarda doimiy ishtirok etib keladilar. Mazkur tadbir sport, sog‘lom turmush tarzi va bayram kayfiyatini o‘zida mujassam etgan yirik xalqaro tadbirlardan biridir.
Boshqa yangiliklar
QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “UzGasTrade” AJda xodimlar va ularning farzandlari uchun “Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik!” nomli kitob yarmarkasi tashkil etildi.
“UzGasTrade” AJda “Burch, matonat, jasorat” shiori ostida “Millat fidoyilari xotiramizda mangu yashaydi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda “Inson qadri uchun” ochiq muloqoti o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJ xodimlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi