“Vatanga sadoqat – yuksak ma’naviyat va fuqarolik burchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
28 Yanvar 2026
270
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan Jamiyatda “Vatanga sadoqat – yuksak ma’naviyat va fuqarolik burchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir — davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti xodimi, podpolkovnik Qayumov Jahongirxon Muxiddinovich ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan ma’ruza qildi hamda mavzularni atroflicha yoritib berdi.
Davra suhbati doirasida “Milliy armiya – ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” mavzusiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashining mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyati keng yoritildi.
Shuningdek, milliy armiyaning mamlakat tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi muhim o‘rni, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish masalalari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.
Boshqa yangiliklar
Amir Temur tavalludining 690 yilligi – yurtimiz bo‘ylab yuksak ehtirom bilan nishonlandi
“UzGasTrade” AJda “Amir Temur – adolat va davlatboshqaruv maktabi” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
VIII Toshkent xalqaro marafoni – 2026
RAMAZON HAYITI MUBORAK!