“UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida “Teatr kuni” belgilandi.
21 Fevral 2024
282
2023-yil 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Davlatimiz rahbari madaniy hordiq olish jarayonlarini rivojlantirish doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida toʻxtalib, barcha korxona va muassasalarda har oyning bir kunini “Teatr kuni” deb eʼlon qilish, xodimlarning teatrlarga borishini yoʻlga qoʻyish foydali ekanligini taʼkidlab oʻtdilar.
“UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida ham bu boradagi ishlar tizimli tashkil etildi. Endilikda xodimlarning madaniy hordiq olishlari tizimli yoʻlga qoʻyilib, har oyning oxirgi chorshanbasi “Teatr kuni” deb belgilandi hamda xodimlarning yil davomida Toshkent shahrida joylashgan teatr tomoshalariga tashrifi yoʻlga qoʻyildi.Boshqa yangiliklar
"UzGasTrade" AJda "Milliy qadriyatlar haftaligi" bo‘lib o‘tdi
Iqtisodiy o‘sish va ustuvor vazifalar: “UzGasTrade” AJda seminar
Qonunchilikdagi yangilik: yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi
Tabiiy gazning narx va tariflari oʻzgardi