Sayt test rejimida ishlamoqda Saytning eski talqini


Barcha yangiliklar

“UzGasTrade” Ajda "O‘zbekiston Respublikasida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashish" mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi

6 Oktyabr 2025

4

                    Joriy yil 6-oktabr kuni  “UzGasTrade” Ajda, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari mavzusiga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi. “UzGasTrade” Ajda Komplayens nazorat bo`limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Jamiyatning markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi. Seminar O‘zbekistonning yangilangan siyosati jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini oliy darajaga ko‘tarish, zamonaviy va samarali davlat boshqaruvini joriy etish, davlat xizmatida korrupsiyaviy holatlarning har qanday ko‘rinishlariga qat’iy murosasizlik madaniyatini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.      

   Tadbirda,O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mas’ul xodimi Mashrab Abdug`aniev “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurashish” mavzusida ma’ruza qildi. Ta’kidlanganidek, 2016-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan 6 ta Qonun, 6 ta Prezident farmoni, 7 ta Prezident qarorlarini qabul qilinishi mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, unga barham berish uchun zarur sharoitlar yaratib berdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ijobiy yutuqlarga erishgan rivojlangan davlatlarning bu boradagi tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, korrupsiya ko‘rinishlarining oqibati bilan kurashish emas, balki uni keltirib chiqarayotgan sabablarini bartaraf etish o‘z samarasini beradi. Shu bois, korrupsiyani oldini olish, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablarni chuqur tahlil qilish, korrupsion xavf-xatarlarni baholash, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tizimini yaratish, davlat organlarining ochiqligi va hisobdorligini oshirish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishni taqozo etadi. Tadbir davomida, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida erishilgan yutuqlar va kutilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida ham batafsil ma’lumotlar berildi. Seminar yakunida iashtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javoblar oldil.

 

Powered by GSpeech