Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi
7 Dekabr 2023
285
Aziz yurtdoshlar, “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati jamoasi barchangizni qutlugʻ kun, ulugʻ ayyom – 8-dekabr, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.
Konstitutsiya - bizning tinchligimiz, farovonligimiz, shaʼnimiz, qadr-qimmatimiz, erkimiz, huquqlarimiz timsolidir.
Bosh Qomusimiz xalqimizning irodasini ifoda etib, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda yurtimizning dunyoda munosib oʻringa ega boʻlishida mustahkam asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Shunday ekan, ushbu quvonchli damlarda Sizlarga mustahkam sogʻliq, baxt-saodat va Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yoʻlidagi barcha ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz.
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, bayram shukuhi fayzli boʻlsin!
Boshqa yangiliklar
"UzGasTrade" AJda "Milliy qadriyatlar haftaligi" bo‘lib o‘tdi
Iqtisodiy o‘sish va ustuvor vazifalar: “UzGasTrade” AJda seminar
Qonunchilikdagi yangilik: yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi
Tabiiy gazning narx va tariflari oʻzgardi