O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrik
20 Oktyabr 2025
358
Hurmatli yurtdoshlar, aziz hamkasblar!
Sizlarni O‘zbek tili bayrami — milliy faxrimiz va ma’naviy merosimizni ulug‘laydigan qutlug‘ sana bilan chin dildan tabriklayman.
O‘zbek tili — xalqimizning bebaho boyligi, milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatimiz ramzlaridan biridir. Tilimiz orqali biz ajdodlarimizning boy madaniy merosini, ularning ma’naviy dunyosini va tarixiy xotirasini avloddan avlodga yetkazamiz.Bugungi kunda o‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni ilm-fan, texnologiya va xalqaro maydonda keng targ‘ib etish barchamizning muqaddas burchimizdir. "UzGasTrade" AJ jamoasi sifatida biz har bir faoliyat yo‘nalishida davlat tiliga hurmat bilan yondashamiz
va uning qo‘llanish doirasini kengaytirishga intilamiz.
Tilimizni sevish, uni to‘g‘ri va go‘zal qo‘llash — har birimizning fuqarolik mas’uliyatimizdir.
Keling, ona tilimizni asraylik, uni yanada boyitaylik va kelajak avlodlarga iftixor bilan meros qoldiraylik.
Ona tilimiz — millat g‘ururi va ma’naviyatimizning asosi.
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!
"UzGasTrade" AJ Boshqaruv raisi A.Agzamov
Boshqa yangiliklar
"UzGasTrade" AJda "Milliy qadriyatlar haftaligi" bo‘lib o‘tdi
Iqtisodiy o‘sish va ustuvor vazifalar: “UzGasTrade” AJda seminar
Qonunchilikdagi yangilik: yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi
Tabiiy gazning narx va tariflari oʻzgardi