Maʼnaviy-psixologik trening
26 May 2025
338
Joriy yilning 23-may sanasida “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida “Xalqaro Oila kuni” munosabati bilan “Oilamga ehtirom” loyihasi doirasida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash bilan bogʻliq hamda xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish, odob-axloq va shaxsiy rivojlantirishga oid maʼnaviy-psixologik trening boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi biznes va fan universiteti professori, psixolog-konsultant, biznes-trener Shomurotova Nigoraxon Nabijonovna ishtirok etib, dastlab ishtirokchilarga oila, oilaviy munosabatlar, ular ustida olib borilagan taqdiqotlar va natijalari toʻgʻrisida soʻzlab berdi. Soʻngra shaxsiy rivojlantirishga oid maʼnaviy-psixologik trening oʻtkazildi. Mazkur tadbirdan xodimlar oʻzlari uchun qiziqarli maʼlumotlar oldi
va yaxshi taasuroot qoldirdi.
Shuningdek, tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan taqdim etilgan “Xalqaro Oila kuni” munosabati bilan mavzuga oid targʻibot materiallari ham namoyish etildi.
Boshqa yangiliklar
"UzGasTrade" AJda "Milliy qadriyatlar haftaligi" bo‘lib o‘tdi
Iqtisodiy o‘sish va ustuvor vazifalar: “UzGasTrade” AJda seminar
Qonunchilikdagi yangilik: yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi
Tabiiy gazning narx va tariflari oʻzgardi