27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
27 Iyun 2025
1406
Hurmatli! Ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek “Global ijtimoiy-siyosiy jarayonlar beqiyos shiddat bilan oʻzgarayotgan hozirgi oʻta murakkab va notinch dunyoda ommaviy axborot vositalarining oʻrni va taʼsiri har qachongidan ham kuchli ahamiyat kasb etayotganini hammamiz sezib-anglab turibmiz. Shu maʼnoda, bepoyon media olamda xolis va haqqoniy axborot tarqatish bilan birga, milliy manfaatlarimizni qatʼiy himoya qiladigan jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslasak, oʻylaymanki, oʻrinli boʻladi.”
Aziz matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, kasb bayramingiz muborak! Qalamingiz doim oʻtkir boʻlsin, ovozingiz baland yangrasin! Xalqimiz va yurtimizga xizmat qilishdan aslo tolmang! Qadrli, aziz va jonkuyar soha xodimlari !
Sizlarni yana bir bor bugungi bayram bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Hamisha eʼtibor va eʼzozda boʻlishingizga tilakdoshmiz!
Hurmat bilan,
“UzGasTrade” jamoasi
Boshqa yangiliklar
QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “UzGasTrade” AJda xodimlar va ularning farzandlari uchun “Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik!” nomli kitob yarmarkasi tashkil etildi.
“UzGasTrade” AJda “Burch, matonat, jasorat” shiori ostida “Millat fidoyilari xotiramizda mangu yashaydi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda “Inson qadri uchun” ochiq muloqoti o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJ xodimlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi