Joylarda Jamiyat masʼullari isteʼmolchilar bilan uchrashuvlar oʼtkazildi
24 Noyabr 2023
295
Joriy yilinng 14-23 noyabr kunlari davomida Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Аndijon, Buxoro, Fargʼona, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida “UzGazTrade” АJ masʼullari ishtirokida Jamiyat bilan hamkorlik aloqalarni yoʼlga qoʼygan tadbirkorlik subʼektlarining faoliyat manziliga borib, ular faoliyatidagi mavjud muammo va takliflari oʼrganildi.
Shu bilan birga, gaz uzatish tashkiloti va isteʼmolchi tadbirkorlar ishtirokida xatlov dalolatnomalari rasmiylashtirildi.
Shundaylardan biri, Namangan viloyatidagi “Metan Gaz Standart oil servis” MChJ avtomobillarga gaz toʼldirish kopmressor shoxobchasi faoliyati oʼrganilib, gaz uzatish tashkiloti va isteʼmolchi ishtirokida xatlov dalolatnomasi rasmiylashtirildi.
Shuningdek, tomonlar oʼrtasida imzolangan kelishuv shartnomalaridagi majburiyatlar bajarilishi hamda kelgusida hamkorlikni yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Boshqa yangiliklar
"UzGasTrade" AJda "Milliy qadriyatlar haftaligi" bo‘lib o‘tdi
Iqtisodiy o‘sish va ustuvor vazifalar: “UzGasTrade” AJda seminar
Qonunchilikdagi yangilik: yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi
Tabiiy gazning narx va tariflari oʻzgardi