Jamiyatda 2025-2027-yillar yakuni bo‘yicha MHXS, BHMS va forenzik auditdan o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotlarini tanlash bo‘yicha texnik topshiriqlar asosida tanlov e'lon qilindi.
6 Noyabr 2025
371
“UzGasTrade” AJ 2025-2027-yillar yakuni bo‘yicha Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (keyingi oʻrinda – MHXS), Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) va xarid jarayonlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarining samaradorligini oshirish (forenzik audit) bo‘yicha texnik topshiriqlar “UzGasTrade” AJ Kuzatuv kengashi huzuridagi Audit qo‘mitasining 2025-yil 26-sentabrdagi 4-son yig‘ilish bayonnomasi qarori bilan tasdiqlangan (ilova rasmiy saytning ochiq ma`lumotlar bo`limidagi E`lonlar qismida joylashtirilgan). Yuqoridagilardan kelib chiqib, Jamiyatda 2025-2027-yillar yakuni bo‘yicha MHXS, BHMS va forenzik auditdan o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotlarini tanlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovni amalga oshirish maqsadida ilovadagi tasdiqlangan texnik topshiriqlar asosida tanlov e'lon qildi.
Boshqa yangiliklar
"UzGasTrade" AJda "Milliy qadriyatlar haftaligi" bo‘lib o‘tdi
Iqtisodiy o‘sish va ustuvor vazifalar: “UzGasTrade” AJda seminar
Qonunchilikdagi yangilik: yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi
Tabiiy gazning narx va tariflari oʻzgardi