“Ikki buyuk siymo: maʻnaviyatimiz sarchashmalari”
7 Fevral 2025
170
Bugun “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalariga bagʻishlab “Ikki buyuk siymo: maʻnaviyatimiz sarchashmalari” mavzusida targʻibot hamda “Gʻazallar shaydosiman” mushoira (bahru-bayt) tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tabdirda filologiya fanlari nomzodi, Maʼrifat targʻibotchilari jamiyati aʼzosi, shoir Dilshod Rajab ishtirok etib, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida qimmatli maʼlumotlar bilan boʻlishdi, shuningdek, Jamiyat xodimlari ham ikki buyuk siymo haqida oʻzlarining qiziqarli maʼlumotlari bilan faol ishtirok etdilar.
Tadbir shoir Dilshod Rajab va xodimlar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan oʻqilgan qitʼa, ruboiy, gʻazallardan iborat mushoiraxonlik bilan yakunlandi.
Boshqa yangiliklar
Yangi yil tabrigi!
R. Tulyaganovning “Inson va qonun” gazetasida maqolasi chop etildi
Prezidentimiz 2026-yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilishni taklif qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etdi.