ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH DOIRASIDA
5 May 2025
268
Joriy yilning 26-27-aprel kunlari “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha Boshqaruv raisining maslahatchisi hamda Jamiyat kasaba uyushma qoʻmitasi tashabbusi bilan sohada samarali mehnat qilayotgan 40 nafarga yaqin xodimlar ushun ichki turizmni rivojlantirish doirasida “Yurtim tarixini oʻrganaman” shiori ostida Buxoro shahriga sayohat uyushtirildi.
Mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad, “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati xodimlarini Buxoro shahrining tarixiy-meʼmoriy ahamiyatga ega ziyoratgohlari, qadamjolari hamda viloyatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, ulkan oʻzgarish va yangilanishlar bilan yaqindan tanishtirishdir.
“UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati xodimlari goʻzal Buxoro shahriga uyushtirilgan sayohatdan katta taassurot bilan qaytdilar.
Boshqa yangiliklar
Amir Temur tavalludining 690 yilligi – yurtimiz bo‘ylab yuksak ehtirom bilan nishonlandi
“UzGasTrade” AJda “Amir Temur – adolat va davlatboshqaruv maktabi” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
VIII Toshkent xalqaro marafoni – 2026
RAMAZON HAYITI MUBORAK!