“Ayolga ehtirom”
7 Mart 2025
243
Bugun “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan maʻnaviy-maʻrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda, bugungi kunda mamlakatimizda ayollarga berilayotgan eʼtibor, bu borada olib borilayotgan qator islohotlar va keng sharoitlar haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim oʻrin va mavqega ega ekanligi, Ayollarimiz mamlakatimizning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotidagi barcha sohalarda xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sogʻliqni saqlash, taʼlim, maʼrifat, madaniyat va boshqa sohalarda samarali mehnat qilayotgani ta`kidlab o`tildi.
Bayram tadbirida, Jamiyatda mehnat faoliyatini olib borayotgan xotin-qizlarni beqiyos oʻrni va xizmatlari borligi e`tirof etilib, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatildi.
Boshqa yangiliklar
RAMAZON HAYITI MUBORAK!
O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Ichki nazorat bo‘linmalari tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan o‘rganish natijalari e`lon qilindi
Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi