“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida ommaviy marafon o‘tkazildi
9 Dekabr 2025
397
O‘zbekiston Respublikasining asosiy davlat ramzlaridan biri — Davlat bayrog‘ining 34 yilligi munosabati bilan joriy yilning 7-dekabr kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida marafon o‘tkazildi. Tadbirda turli tashkilotlar vakillari, oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Mazkur marafonda “UzGasTrade” AJ xodimlari ham faol qatnashib, yurtimiz bayrog‘iga bo‘lgan hurmat va sadoqatini namoyon qildi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu sport tadbiri haqiqiy bayramona ruhda tashkil etilib, keng jamoatchilikni birlashtirgan yirik ommaviy tadbirga aylandi.
Boshqa yangiliklar
"UzGasTrade" AJda "Milliy qadriyatlar haftaligi" bo‘lib o‘tdi
Iqtisodiy o‘sish va ustuvor vazifalar: “UzGasTrade” AJda seminar
Qonunchilikdagi yangilik: yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi
Tabiiy gazning narx va tariflari oʻzgardi