“UzGasTrade” AJ xalqaro standartlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi ISO sertifikatlarini qo‘lga kiritdi
20 Iyun 2026
26
Jamiyatda xalqaro ISO standartlari asosida integrallashgan menejment tizimini (IMT) joriy etish ishlari yoʻlga qoʻyilib, sertifikatlash auditlarining ikki bosqichi oʻtkazildi. Auditlarning yakunlariga koʻra “Xaridni boshqarish, tashishni monitorin qilish va Tabiiy gazni sotish” faoliyati bo‘yicha biznes-jarayonlar quyidagi xalqaro standartlar talablariga toʻliq muvofiq deb topildi:
- ISO 9001:2015 – Sifat menejmenti tizimi;
- ISO 14001:2015 – Ekologik menejment tizimi;
- ISO 45001:2018 – Mehnat xavfsizligi va sogʻliqni muhofaza qilish menejmenti tizimi;
- ISO 31000:2018 – Risklarni boshqarish tizimi;
- ISO 37001:2025 – Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi;
- ISO 37301:2021 – Komplayens menejment tizimi.
2026-yil 18-iyunda “UzGasTrade” AJ Boshqaruvi raisi Alisher Agzamov mazkur sertifikatlarni qabul qilib oldi.
“UzGasTrade” AJ kelgusida o‘z faoliyatini xalqaro standartlar talablariga mos ravishda barqaror rivojlantirish, Buyurtmachilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati va samaradorligini oshirishda davom etadi.
Boshqa yangiliklar
“UzGasTrade” AJ yoshlari “Meta Small Business Practicum” amaliy seminarida ishtirok etdi
Korrupsiya haqida xabar bering!
QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “UzGasTrade” AJda xodimlar va ularning farzandlari uchun “Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik!” nomli kitob yarmarkasi tashkil etildi.