O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovi e’lon qilindi
12 Sentyabr 2025
527
Tanlov Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi: O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot; o‘zbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot; o‘zbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; davlat tili bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material; o‘zbek tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik; o‘zbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish; o‘zbek tilining xorijlik do‘stlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.
Nomzodlar o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni (ismi, otasining ismi, familiyasi, ish yoki o‘qish joyi), ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi yoki uz_tili_jamgarma@umail.uz rasmiy elektron pochta manziliga hamda @Jonajontilim_bot Telegram-botiga 5-oktyabrgacha yuborishlari lozim. Tanlovda yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ishtirok etish mumkin. G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (20 mln 600 ming so‘m) miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mukofotlar 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida tashkil etiladigan tadbirlar doirasida tantanali ravishda topshiriladi.
Boshqa yangiliklar
QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “UzGasTrade” AJda xodimlar va ularning farzandlari uchun “Farzandlarimizga kitob sovg‘a qilaylik!” nomli kitob yarmarkasi tashkil etildi.
“UzGasTrade” AJda “Burch, matonat, jasorat” shiori ostida “Millat fidoyilari xotiramizda mangu yashaydi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda “Inson qadri uchun” ochiq muloqoti o‘tkazildi
“UzGasTrade” AJ xodimlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi