Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” shiori ostida bayram tadbirlari davom etmoqda
12 Noyabr 2025
44
Bugun“UzGasTrade” AJda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ–308-son “Davlat tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan ushbu shior ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi mutaxassislari ishtirok etishdi. Ular soʻz boshida oʻzbek tili — ona tilimizga chuqur ehtirom bildirib, uning nufuzini oshirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar, Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan joylarda oʻtkazilgan tadbirlar hamda PQ–308-son qarorning mazmun-mohiyatini yoritib berishdi.
Qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, tadbir davomida davlat tilining nufuzini yanada oshirish, uning barcha sohalarda toʻliq qoʻllanilishini taʼminlash, xodimlarning ish yuritish madaniyatini takomillashtirish va umumiy savodxonlik darajasini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Soʻngra yigʻilganlardan “Oʻzbek tilim – ona tilim” mavzusida ommaviy diktant olinib, ishtirokchilarning til boʻyicha bilim va koʻnikmalari baholandi. Oʻtkazilgan tadbir davlat tiliga boʻlgan muhabbatni yuksaltirish, milliy oʻzlikni anglash va maʼnaviy barkamollikni targʻib etishga xizmat qildi.
Boshqa yangiliklar
Kasaba uyushmalari — mehnatkash insonlar ishonchi va himoyasi!
Jamiyatda 2025-2027-yillar yakuni bo‘yicha MHXS, BHMS va forenzik auditdan o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotlarini tanlash bo‘yicha, texnik topshiriqlar asosida tanlov e'lon qilindi.
“UzGasTrade” AJda siyosiy-ma’rifiy soat va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi
Tabiiy gazning yangi belgilangan narx va tariflari