9-may – Xotira va qadrlash kuni
8 May 2025
339
Oʻzbek xalqi vatani, xalqining farovonligi, tinchligi yoʻlida jonini fido qilgan farzandlarini hech qachon unutmaydi. Shu bois, yurtimizning har goʻshasida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda, turli tadbirlar, xayriya ishlari amalga oshirilmoqda. Bugun “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida ham ushbu sana munosabati bilan ZOOM platformasi orqali maʼnaviyat soati boʻlib oʻtdi. Unda xotira va qadrlash tushunchasi, bayramning mazmun, mohiyati yoritilib, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etildi.
Xalqimizga xos xislatlar, qadr-qimmat, mehr-oqibat kabi fazilatlar tilga olindi. “Eʻtibor va gʻamxoʻrlik – insoniy burch” loyihasi asosida keksalar, nuroniylar, faxriylar, nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning holidan xabar olish kabi xayrli ishlarda faol boʻlishga chorlandi.
Shuningdek, tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan taqdim etilgan mavzuga oid targʻibot materiallari namoyish etildi.
Boshqa yangiliklar
"UzGasTrade" AJda "Milliy qadriyatlar haftaligi" bo‘lib o‘tdi
Iqtisodiy o‘sish va ustuvor vazifalar: “UzGasTrade” AJda seminar
Qonunchilikdagi yangilik: yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi
Tabiiy gazning narx va tariflari oʻzgardi