8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
10 Mart 2026
296
Jamiyatda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etildi. Sana arafasida Jamiyat binosida bayramona muhit yaratish maqsadida bannerlar joylashtirildi.
Shuningdek, Jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy Telegram sahifasida ayollarga bag‘ishlangan bayram tabriklari, video lavhalar hamda she’riy postlar e’lon qilinib, xotin-qizlarga hurmat va ehtirom ifodasi keng yoritildi.
Joriy yilning 6-mart kuni Jamiyat xotin-qizlari uchun “Ayolga ehtirom” nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida bugungi kunda davlatimiz tomonidan ayollarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, yaratilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar, shuningdek berilayotgan imtiyozlar haqida so‘z yuritildi.
Bayram tadbiri davomida Jamiyat rahbariyati tomonidan xotin-qizlarga samimiy tabriklar yo‘llanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda, fayzli dasturxon atrofida davom etdi.
Boshqa yangiliklar
"UzGasTrade" AJda "Milliy qadriyatlar haftaligi" bo‘lib o‘tdi
Iqtisodiy o‘sish va ustuvor vazifalar: “UzGasTrade” AJda seminar
Qonunchilikdagi yangilik: yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi
Tabiiy gazning narx va tariflari oʻzgardi