8-dekabr — Konstitutsiya kuni
5 Dekabr 2025
664
HURMATLI YURTDOSHLAR!
Sizlarni 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, Bosh qomusimizning 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz.
1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan Konstitutsiya davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda mamlakatning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotiga yo‘naltirilgan islohotlarning bosh mezoni sifatida yuksak ahamiyat kasb etadi.
Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalq farovonligini oshirishga qaratilgan dasturlar ham aynan Konstitutsiya tamoyillarida belgilangan demokratik qadriyatlarga, adolat, tenglik va insonparvarlik prinsiplariga tayangan holda izchil rivojlanib bormoqda.
Ushbu qutlug‘ sana Vatan ravnaqi, milliy taraqqiyot va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash yo‘lidagi ezgu intilishlarimizni yanada yuksaltirishini tilaymiz.
Barchangizga tinchlik, baraka, mustahkam sog‘liq va yangi marralar yor bo`lsin.
Konstitutsiya kuni yana bir bor muborak bo‘lsin!
“UzGasTrade” AJ
Boshqa yangiliklar
Amir Temur tavalludining 690 yilligi – yurtimiz bo‘ylab yuksak ehtirom bilan nishonlandi
“UzGasTrade” AJda “Amir Temur – adolat va davlatboshqaruv maktabi” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
VIII Toshkent xalqaro marafoni – 2026
RAMAZON HAYITI MUBORAK!