"UzGasTrade" AJning 10 milliard so'mlik birlamchi aksiyalari ro`yhatga olindi

Barcha yangiliklarga

Toshkent, O'zbekiston (UzDaily.uz) - O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi Jamiyat aksiyalari chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazdi. Mazkur chiqaruvning barcha aksiyalar O'zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag`alliknu qisqartirish vazirligiga joylashtiriladi.

O'zbekiston Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-280-son qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-avgustdan boshlab "UzGasTrade" AJ tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi ishlab chiqaruvchilardan Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan narxlarda va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qiladi.

“Hududgazta’minot” AJga va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan iste’molchilarga tabiiy gazni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari yagona eksport qiluvchi funksiyalarini bajaradi.

Yagona onlayn platformaga o'tish