“UzGasTrade” AJ - Tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish Funksiyasini bajaradi

Qayta aloqa

Savolingizni bering

Название файла

728 кб

Ko'p so'raladigan savollar

“UzGasTrade ” AJ bilan shartnoma tuzish jarayoni qanday?

“UzGazTreyd” AJ bilan shartnomalar tuzish jarayoni O‘zbekiston Respublikasining 29.08.1998 yildagi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga, Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-son qarori va boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi qachon o'tkaziladi?

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, lekin moliyaviy yil tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.

Jamiyatga ishga kirish jarayoni qanday?

Jamiyatning bo‘sh ish o‘rinlariga nomzod sayt orqali Jamiyatdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi e’lonlarni ko‘rishi va bo‘sh ish o‘rinlari bo‘limi orqali o‘z ma’lumotlarini (CV, maqsad va aloqa ma’lumotlari) jo‘natib, keyingi bosqichda nomzodning hujjatlari o'rganiladi, agar u vakant lavozim talablariga javob bersa, u uchun bir necha bosqichda suhbat tashkil etiladi. Ariza topshirgan har bir nomzod o‘z arizasining holatini saytda tekshirishi mumkin.

Nega gaz tanqisligi bor?

Respublikada tabiiy gaz tanqisligining asosiy sababi mavjud gaz konlarining eskirishi, shuningdek, yangi konlarni qazib olish va o‘zlashtirish jarayonining murakkabligidir. Masalan, avvallari tabiiy gaz 1,5 – 2,0 ming metr chuqurlikdan qazib olingan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 3,2 – 5,2 ming metrga yetdi. Bugungi kunda mamlakat resurslari cheklangan bo`lib, aholining ko'payishi tufayli tabiiy gazga bo'lgan talab esa ortib bormoqda. Jumladan, Respublikamiz aholisi har yili 600 ming kishiga ko‘paymoqda, davlat iqtisodiyotining o‘sish sur’ati 5 foizga oshmoqda.

O‘zbekistonda tabiiy gaz resurslari taqchilligi muammolarini bartaraf etish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda?

“UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qo‘shni davlatlardan importni jalb qilish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Bunda, O‘zbekiston Respublikasi ehtiyojlari uchun tabiiy gaz yetkazib berish uchun uchun muzokaralar olib borilmoqda

Ayni damda gaz sotish tariflari qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 964-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiya gaz ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida aholi va tadbirkorlik subyektlariga sotiladigan tabiiy gaz narxlarini belgilaydi.

Keyingi bo'lim
Tadbirkorlarga
Yagona onlayn platformaga o'tish