O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining tegishli Qarori bilan Agzamov Alisher Taxirovich “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqlandi.
Alisher Agzamov 1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, oilali, ikki nafar farzandi bor, ma’lumoti oliy, 2008 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini bakalavr, 2010 yilda magistratura bosqichini muvaffoqiyatli tamomlagan.
U o‘z mehnat faoliyatini 2010-2014 yillarda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining Gazni eksport va tranzit qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimidan boshlab, energetika sohasida turli mas’ul lavozimlarda jumladan, 2014-2016 yillarda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasida boshqarma boshlig‘i, 2016-2017 yillarda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasida bosh mutaxassis, 2017-2019 yillarda “Neftgazeksport” mas’uliyati cheklangan jamiyatining rahbari, 2019-2022 yillarda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatida departament boshlig‘i va 2022-2023 yillarda “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
“UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati jamoasi Agzamov Alisher Taxirovichni ushbu mas’uliyatli tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusidagi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi!