Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!

Barcha yangiliklarga

     “14- yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan yurtimiz boʻylab bayram tadbirlari boshlanib ketgan.

     Ushbu bayram 1993-yil 29-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan belgilandi. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida oʻz burchini oʻtab qaytgan vatandoshlarimiz va xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Zero, Vatanni himoya qilish, uni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash har bir birimizning oliy vazifamizdir.

     Ona yurtimiz har doim oʻzining mard oʻgʻlonlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, oʻzi yashayotgan yurt tuprogʻini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning oʻz milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmat va iftixorini bildiradi. Fursatdan foydalanib, “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati nomidan barcha soha vakillarini, Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sogʻliq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga toʻliq boʻlsin. Barchani Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz! Bayramingiz muborak boʻlsin, Azizlar!

Yagona onlayn platformaga o'tish