“Jaholatga qarshi – maʼrifat”ni qurol qilgan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan boy maʼnaviy meros oʻziga xos najot qalʼasi, himoya qoʻrgʻoni vazifasini oʻtaydi.

Shavkat Mirziyoyev

Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlarning salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, yurtga muhabbat va sadoqat tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

“UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida ham maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimli tashkil etilgan boʻlib,  xususan, bugun Jamiyatning markaziy va hududiy boʻlinma xodimlari uchun “Jaholatga qarshi – maʼrifat” tamoyili ostida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining tarix fanlari nomzodi, dotsent, Maʼrifat targʻibotchilar jamiyati aʼzosi – Xayitov Iskandar Samandarovich ishtirok etib, yoshlarni diniy bagʻrikenglik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash haqida fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi, shuningdek, tabarruk diyorimizda kamol topgan betakror ilm sohibi Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, algebra faniga asos solgan Muso al-Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, ulugʻ qomusiy alloma, birinchi boʻlib yer shari globusini yaratgan Abu Rayhon Beruniy, meditsina otasi deb tan olingan Abu Ali ibn Sino, “Sharq Aristoteli” deb nom olgan buyuk alloma Abu Nasr Farobiy, 1018 ta yulduzni holatini va joylashuvini XV asrda bayon qilib bergan astronomiya sohasida buyuk alloma Mirzo Ulugʻbek, “Musulmonlarning eʼtiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor boʻlgan, jahon adabiyoti tarixida porloq yulduz boʻlib porlagan hazrat Alisher Navoiy, Bobur kabi dunyoni oʻz ilmi bilan larzaga solgan buyuk allomalarimiz haqida soʻz yuritildi va hikmatli soʻzlari tilga olindi. 

Yagona onlayn platformaga o'tish