Kunikecha “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida gender tenglik kafolatlari hamda xotin qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari mavzusida seminar trening boʻlib oʻtdi.

Barcha yangiliklarga
Mazkur tadbir Jamiyat Boshqaruv raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi – Gender tengligi Maslahat kengashi raisi Sh.Nusharova hamda Respublika Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida tashkil qilindi. 

Seminar davomida Qoʻmita xodimi N.Yunusova “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida” hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari mazmun mohiyati va ularning amaliyotda qoʻllash borasida soʻz yuritdi. Ishtirokchilar gender tenglikka doir huquqiy bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda, mazkur hujjatlardan ish jarayonida foydalanish borasida ham maʻlumotlarga ega boʻlishdi. Ushbu seminar jarayonida Jamiyatda ish olib boruvchi xotin-qizlar oʻzlarining takliflari bilan faol ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga javob olishdi. 

Yagona onlayn platformaga o'tish