
“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Jamiyatda bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi. Jumladan, kuni kecha Jamiyat xodimlari uchun “Zoom” platformasi orqali “Maʻnaviyat soati” boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etilishi, yurtimizda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” deb eʻlon qilinishi, tizimdagi yangiliklarlar haqida soʻz yuritildi hamda Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʻnaviy tadqiqotlar instituti tomonidan taqdim etilgan targʻibot materiallari yoritildi.
Shuningdek, bugun Jamiyat Boshqaruv raisi A.Agzamov boshchiligida “Qudrating yuksalsin, mening armiyam!” mavzusida maʻnaviy - maʻrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Dastlab yigʻilganlarni bayram bilan tabriklanib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumotlar taqdim etildi. Soʻngra yurtni madhlovchi va vatan himoyachilari haqida kuy-qoʻshiqlar eshittirildi. Tadbir yakunida Jamiyat faoliyatining samaradorligini oshirishda faol ishtirok etgan va tashabbuskor bir qator xodimlar Tashakkurnoma va estalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.