Bugun “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni hamda qabul qilinganliging 32 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan siyosiy-maʼrifiy soat boʻlib oʻtdi. Tadbirda “UzGasTrade” AJ Yuridik boʻlim bosh yurikonsulti U.A.Tuychiyev Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixi haqida soʻz yuritdi hamda yigʻilganlarga siyosiy-huquqiy savodxonlikka doir maʼruza qildi.