“UzGasTrade” AJning Ichki audit xizmati rahbarini tanlash boʻyicha tanlovni eʼlon qiladi

Barcha yangiliklarga
     Ichki audit xizmati rahbari (Bosh auditor) lavozimiga qoʻyiladigan talablar:

I. Nomzodga qoʻyiladigan malakaviy talablar
     1) Oliy maʼlumotga ega boʻlishi (diplom mutaxassisligi boʻyicha: moliya va kredit, buxgalteriya va hisob).
     2) Yirik davlat korxona faoliyat yuritayotgan sohada ichki audit, buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bogʻliq bir yoki bir nechta boʻlimlarda yoki tashqi auditor lavozimida kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlishi; Nomzod auditorlik faoliyati sohasida kamida besh yillik ish tajribasiga ega boʻlishi.
     3) Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar boʻyicha tushunchaga ega boʻlishi.
     4) Tavakkalchilikka asoslangan ichki audit tamoyillariga ega boʻlishi.
     5) Xizmat safarlariga tayyor boʻlishi.
     6) Komplayens-tavakkalchilikni boshqarish nazariyasini bilishi.
     7) “Katta toʻrtlik” xalqaro audit-konsalting kompaniyalarida ish tajribasiga ega boʻlishi hamda “ACCA”, “CFA”, “CPA” “CIA”, “CIPA”, “DipIFR”, “CRM” yoki “FRM” sertifikatiga ega boʻlgan talabgorlarga afzalliklar beriladi.

II. Nomzoddan quyidagilar talab etiladi:
     - ichki audit xizmatining kuzatuv kengashi oldidagi hisobdorligi hamda ijro etuvchi organdan mustaqilligini taʼminlash mexanizmlarini ishlab chiqish;
     - bir oy muddatda amaldagi xalqaro standartlarga muvofiq tavakkalchilikka asoslangan ichki auditga oʻtish rejasini ishlab chiqish va kuzatuv kengashiga taqdim etish;
     - korxona faoliyatidagi manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash, manfaatlar toʻqnashuvini minimallashtirish uchun ichki hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
     - tavakkalchilikni boshqarish va komplayens boʻlimlari hamda boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
     - aksiyadorlar bilan birgalikda xos biznes jarayonlarni va risklarni aniqlash, tahlil qilish va baholash;
     - samarali ichki nazoratni tashkil etish boʻyicha rahbariyatga maslahat berish.

     Tanlov www.uzgastrade.uz saytida joylashtirilgan “UZGASTRADE” AJ Ichki audit xizmati xodimlarini tayinlash boʻyicha nizomiga asosan oʻtkaziladi.

     Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar muhrlangan konvertda quyidagi manzilga Toshkent vaqti bilan 2025 yil 17 yanvar kuni soat 18:00 gacha yuborilishi kerak: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi 32A uy.

     Е-mail: info@uzgastrade.uz

     Murojaat uchun telefon: (55) 506-05-06 (ichki: 214).

Yagona onlayn platformaga o'tish