
2024-yil 25-iyul kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” 2024-yil 14-iyundagi PQ–222-son Qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʼgʼrisida” 2024-yil 31-maydagi 319-son Qarorlari mazmun va mohiyatini Jamiyat isteʻmolchilariga etkazish, shuningdek, Qarorlarda belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʻminlash maqsadida “UzGasTrade” AJda Oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.
Oʻquv-seminarda Jamiyatning masʻul xodimlari tomonidan Jamiyatning 40 dan ortiq tabiiy gaz isteʻmolchilarining Bosh injenerlari, Bosh energetiklari va masalaga masʻul vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda tabiiy gazni iqtisod qilish hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarida tejamkor texnologiyalardan foydalangan holda oʻz tashkilotlarining moliyaviy jihatdan barqarorlashtirishlari mumkinligi toʻgʻrisida keng maʻnoda tushunchalar berib oʻtildi.
Seminar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga Jamiyatning tegishli masʻullari tomonidan atroflicha va toʻliq tushunchalar berildi. Seminar yakunida bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda oʻtkazib borilishi yuzasidan kelishib olindi.