
Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish, ulardan oqilona foydalanish, kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik koʻrish hamda bu borada davlat nozoratini kuchaytirish orqali qonun talablarini buzgan shaxslarga nisbatan jazoning muqararligini taʼminlash maqsadida 2024-yilning noyabr oyi – “Energetika xavfsizligi oyligi” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan joriy yilning 8-noyabr kuni “UzGasTrade” AJ rahbariyati, markaziy hamda hududiy boʻlinma xodimlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi.
Oʻquv-seminar davomida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishni oldini olish, kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik koʻrish, shuningdek, energoresruslarni behuda sarflash yoki talon-taroj qilganlik uchun javobgarlik muqarrarligini yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, barcha isteʼmolchilar oʻrtasida joylardagi hamkor tashkilotlar bilan “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, ayni kunlarda ushbu tadbirlar davom etmoqda.