“Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”

Barcha yangiliklarga
Bugun “UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyatida "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida maʻnaviy-maʻrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzosi M.A.Yunusov ishtirok etdi va asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qahramonlarimiz hamda bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohatlar haqida soʻz yuritdi. Ayniqsa, Vatan madhini tarannum etuvchi yurtga muhabbat,  Vatan sogʻinchi mavzusidagi oʻqilgan sheʼrlar seminar ishtirokchilarida gʻurur va faxr tuygʻusini uygʻotib,  shukronalik va minnatdorchilik kayfiyatini ulashdi. 

Yagona onlayn platformaga o'tish